Russian  |  English  |  Deutsch  |  Chinese  |  Uzbek






    "Navigator" kompaniyasi 1997 yil dekabrda O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan. Kompaniya o'z faoliyatining ilk kunlardanoq kompyuter texnologiyalari bo'yicha ixtisoslashgan.

    Hozirgi kunda "Navigator" - bu sifatli raqobatbardosh kompyuterlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy IT (axborot texnologiyalari) kompaniyadir.

    "Navigator" kompaniyasi informatsion texnologiyalar bozorida 13 yil davomida faoliyat ko'rsatmoqda, shu bilan birga u O'zbekiston hududida kompyuter ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

    "Navigator" kompyuterlarini ishlab chiqarish Samsung, LiteOn, MSI, ECS, Kobian (Mercury), Tripple D. (AXLE), Delux, Summit, PQI, WayJet. kabi jahonning yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda va ularning ehtiyot qismlaridan malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.Samsung, MSI, PQI, Kobian (Mercury), Tripple D. (AXLE) va ECS kompaniyalari bilan eksklyuziv distribyutorlik shartnomalari imzolangan.

    Kompaniyaning ishlab chiqarish bazasi kerakli va noyob uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida nazorat qilish va nuqsonlarni aniqlashga imkon yaradi. Sotuvdan oldin barcha ishlab chiqilgan texnika majburiy test sinovlaridan o'tkaziladi.

    "Navigator" kompyuterlari har yili davriy sertifikatsiya sinovlaridan o'tkaziladi. Buning natijasi o'laroq kompaniya № NSSUZ.01.129.377835 raqamli muvofiqlik sertifikatini oldi.

    Jahon IT bozori rivojlanish istiqbollarini tahlil etish maqsadida kompaniya Tayvanda o'z vakolatxonasiga ega.

    Bizning afzalliklarimiz: qulay narxlar, ishonchli sifat, uzoq muddatli kafolat, malakali va qulay xizmat ko'rsatish.